Ish vaqtimiz : Du-Sha, 09:00 - 18:00
Master of Business Administration-MBA, Master of Business Management – dasturi barcha markaziy va tijorat banklari, iqtisodiyot tarmoqlari, turli soha va yo‘nalishlar uchun bank sohasida boshqaruv kadrlarini va malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bank-moliya akademiyasining mazkur mutaxassisligi- xalqaro e’tirof etilgan ta'lim standartlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Kimlar uchun?
Ushbu dastur quyidagi kasbiy faoliyat sohalari uchun mos keladi:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida;
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va hududiy boshqarmalarida;
Vazirlik va idoralarning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmalarida;
oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida;
budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda;
moliya organlarida;
davlat maqsadli jamg‘armalarida;
budjet mablag‘larini taqsimlovchi organlarda kompleks masalalarni yechish, maqsadli loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Bunda, mazkur mutaxassislikka intiluvchi nomzodlarga bank sohasida kasbiy o‘sishga erishish, o‘z bilimini yanada oshirishga, strategik fikrlashga ko‘maklashadi.
Dasturning maqsadi:
Zamonaviy biznesni boshqarish tizimini chuqur o‘rganish;
Jahonda ushbu tarmoqdagi yangi tendensiyalarni tahlil qila olish:
O‘quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta’minlash;
Sohada muvaffaqiyatli kar’yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.
Dasturning afzalliklari:
Ishdan ajralmagan holda bir vaqtning o‘zida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yilganligi;
Sohadagi yetakchi professor-o‘qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli amaliyotchi mutaxassislar kadrlar tomonidan beriladigan ma'ruza darslari;
Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta’lim muassasalaridan taklif qilingan professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish;
Respublika va chet mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi dolzarb mavzudagi keys masalalari bo‘yicha muhokamalar, davra suhbatlari, mahorat darslari va konferensiyalar o‘tkazilishi;
Hamkorlik dasturi asosida chet elda amaliyot olib borish imkoniyati.
Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari:
Dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga bank tarmog‘ida yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, tinglovchilar Biznesni boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha Bank va moliya akademiyasi hamda Utara universitetining bank-moliya sohasida boshqaruvchi kvalifikatsiyasidagi magistrlik diplomlariga ega bo‘lishadi.
Mutaxassislik nomi - Master of Business Administration-MBA, Master of Business Management
Kvalifikatsiya - Boshqaruvchi (iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha)
Ta’lim shakli - Kunduzgi (24 oy).
Kontrakt summasi (so‘m) - O‘quv dasturining bir yili uchun to‘lov narxi 44 mln. so‘m
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Ingliz tilidan kamida B2 darajadagi til bilish sertifikati
Qabul sinovlari tartibi:
Suhbat asosida
Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga admission.bfa.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.