Ish vaqtimiz : Du-Sha, 09:00 - 18:00
Loyiha boshqaruvi – loyihalash institutlari uchun moliya-iqtisod sohasida boshqaruv kadrlarini va malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bank-moliya akademiyasining mazkur mutaxassisligi- xalqaro e’tirof etilgan ta'lim standartlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Kimlar uchun?
Ushbu dastur quyidagi kasbiy faoliyat sohalari uchun mos keladi:
loyiha institutlari
loyiha ofislari
biznes sub’ektlari
tijorat banklari
suveren fondlar
milliy va xalqaro moliya institutlari
energetika tashkilotlari
transport-kommunikatsiya tashkilotlari
ijtimoiy soha tashkilotlari
xorijiy davlat moliya tashkilotlari
xizmat ko‘rsatish sub’ektlari
mulkchilikning barcha shakllari
sohalari va tarmoqlari korxonalar
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari
ta’lim muassasalari
loyiha boshqaruvini tartibga soluvchi organlar
SPV kompaniyalari
loyihalar ishonchliligini baholovchi auditorlik kompaniyalari
konsalting tashkilotlari
taraqqiyot agentliklari
loyihalarni sindikat asosida moliyalashtiruvchi institutlar
yashil sertifikatlovchi institutlar.
Bunda, mazkur mutaxassislikka intiluvchi nomzodlarga moliya-iqtisod sohasida kasbiy o‘sishga erishish, o‘z bilimini yanada oshirishga, strategik fikrlashga ko‘maklashadi.
Dasturning maqsadi:
Zamonaviy moliya-iqtisod tizimini chuqur o‘rganish;
Jahonda ushbu tarmoqdagi yangi tendensiyalarni tahlil qila olish;
O‘quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta’minlash;
Sohada muvaffaqiyatli kar’yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.
Dasturning afzalliklari:
Ishdan ajralmagan holda bir vaqtning o‘zida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yilganligi;
Sohadagi yetakchi professor-o‘qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli amaliyotchi mutaxassislar kadrlar tomonidan beriladigan ma'ruza darslari;
Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta’lim muassasalaridan taklif qilingan professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish;
Respublika va chet mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi dolzarb mavzudagi keys masalalari bo‘yicha muhokamalar, davra suhbatlari, mahorat darslari va konferensiyalar o‘tkazilishi;
Hamkorlik dasturi asosida chet elda amaliyot olib borish imkoniyati.
Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari:
Dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga moliya-iqtisod tarmog‘ida yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, tinglovchilar moliya-iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha davlat namunasidagi bank-moliya sohasida boshqaruvchi kvalifikatsiyasidagi magistrlik diplomlariga ega bo‘lishadi.
Mutaxassislik kodi - 70410802
Mutaxassislik nomi - Loyiha boshqaruvi
Kvalifikatsiya - Loyiha boshqaruvchisi (iqtisodchi-tadqiqotchi)
Ta’lim shakli - Kunduzgi (12 oy), kechki (12 oy), masofaviy (12 oy)
Kontrakt summasi (so‘m) - O‘quv dasturining butun o‘qish davri uchun to‘lov narxi 35 mln. so‘m
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- 40 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).
- bakalavr darajasiga ega bo‘lishi
Qabul sinovlari tartibi:
- BMBA tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari uchun tasdiqlangan ingliz tilini bilish darajasini baholovchi milliy va xorijiy sertifikatlar sizni ingliz tili fani imtihonidan ozod etadi va ushbu blok bo‘yicha 100 % ball beradi, jumladan:
- IELTS bo‘yicha 5,5 ball;
- TOEFL (iBT, bo‘yicha 72 ball va iTP 543 balldan kam bo‘lmagan daraja;
- TOEIC ( bo‘yicha 1095 balldan kam bo‘lmagan daraja;
- iTEP bo‘yicha B2 (3.5-4.4 ball);
- FCE bo‘yicha 160+ ball.
Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga admission.bfa.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.