• icon Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16
  • Qayta aloqa uchun: +998 55 515 54 23

Ish vaqtimiz : Du-Sha, 09:00 - 18:00

MSc — Soliqlar va soliqqa tortish

MSc — Soliqlar va soliqqa tortish

MSc — Soliqlar va soliqqa tortish

Soliqlar va soliqqa tortish dasturi barcha iqtisodiyot tarmoqlari, turli soha va yo‘nalishlar uchun soliq va soliqqa tortish sohasida boshqaruv kadrlarini va malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bank-moliya akademiyasining mazkur mutaxassisligi- xalqaro e’tirof etilgan ta'lim standartlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Kimlar uchun?

Ushbu dastur quyidagi kasbiy faoliyat sohalari uchun mos keladi:

oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;

fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida  hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;

Davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliqqa oid munosabatlarda faoliyat olib borish;

davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati subyektlarining iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, iqtisodiyot sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari;

davlat va mahalliy boshqaruv organlari, iqtisodiyot va moliya, soliq organlarida boshqaruv jarayonlari;

budjet-soliq tizimi, soliq ma’murchiligi, soliq nazorati, soliq maslahati hamda soliq hisobotidagi jarayonlari;

tarmoqlar va sohalar iqtisodiyoti sohasida ilmiy va amaliy tadqiqot, nazariy va amaliy tahlil, modellashtirishni amalga oshirish jarayonlari;

soliq munosabatlarida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni, soliqqa oid ko‘rsatkichlarining tahlili jarayonlari;

soliq risklari va ularni boshqarish muassasalari;

soliq tizimidagi islohotlarni, soliq tizimi taraqqiyoti hamda muammolarni tahlil qilish tashkilotlari;

tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarning soliq imtiyozlarini rivojlanish jarayonlari.

Bunda, mazkur mutaxassislikka intiluvchi nomzodlarga soliqlar va soliqqa tortish sohasida kasbiy o‘sishga erishish, o‘z bilimini yanada oshirishga, strategik fikrlashga ko‘maklashadi.

Dasturning maqsadi:

Zamonaviy soliqlar va soliqqa tortish tizimini chuqur o‘rganish;

Jahonda ushbu tarmoqdagi yangi tendensiyalarni tahlil qila olish;

O‘quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta’minlash;

Sohada muvaffaqiyatli kar’yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.

Dasturning afzalliklari:

Ishdan ajralmagan holda bir vaqtning o‘zida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yilganligi;

Sohadagi yetakchi professor-o‘qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli amaliyotchi mutaxassislar kadrlar tomonidan beriladigan ma'ruza darslari;

Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta’lim muassasalaridan taklif qilingan professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish;

Respublika va chet mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi dolzarb mavzudagi keys masalalari bo‘yicha muhokamalar, davra suhbatlari, mahorat darslari va konferensiyalar o‘tkazilishi;

Hamkorlik dasturi asosida chet elda amaliyot olib borish  imkoniyati.

Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari:

Dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga soliqlar va soliqqa tortish tarmog‘ida yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, tinglovchilar soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha davlat namunasidagi  bank-moliya sohasida boshqaruvchi kvalifikatsiyasidagi magistrlik diplomlariga ega bo‘lishadi.

Mutaxassislik kodi - 70410301

Mutaxassislik nomi - Soliqlar va soliqqa tortish

Kvalifikatsiya - Iqtisodchi, moliyachi-soliqchi, tadqiqotchi

Ta’lim shakli - Kunduzgi (14 oy), masofaviy (14 oy)

Kontrakt summasi (so‘m) - O‘quv dasturining bir yili uchun to‘lov narxi 35 mln. so‘m

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- 40 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).

- turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishi

Qabul sinovlari tartibi:

- BMBA tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari uchun tasdiqlangan ingliz tilini bilish darajasini baholovchi milliy va xorijiy sertifikatlar sizni ingliz tili fani imtihonidan ozod etadi va ushbu blok bo‘yicha 100 % ball beradi, jumladan:

- IELTS bo‘yicha 5,5 ball;

- TOEFL (iBT, bo‘yicha 72 ball va iTP 543 balldan kam bo‘lmagan daraja;

- TOEIC ( bo‘yicha 1095 balldan kam bo‘lmagan daraja;

- iTEP bo‘yicha B2 (3.5-4.4  ball);

- FCE bo‘yicha 160+  ball.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga admission.bfa.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.

  • Ajratilgan kvota (kunduzgi)
    40 ta
  • Ajratilgan kvota (kechki)
    Mavjud emas
  • Boshqa muqobil taʼlim shakllari
    20 ta
  • Ta'lim muddati
    14 oy
  • Til bilish sertifikati
    Majburiy emas