• icon Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16
  • Qayta aloqa uchun: +998 55 515 54 23

Ish vaqtimiz : Du-Sha, 09:00 - 18:00

Biznesni boshqarish MBA General

Biznesni boshqarish MBA General

Biznesni boshqarish MBA General

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) – dasturi barcha markaziy va tijorat banklari, iqtisodiyot tarmoqlari, turli soha va yo‘nalishlar uchun bank sohasida boshqaruv kadrlarini va malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bank-moliya akademiyasining mazkur mutaxassisligi- xalqaro e’tirof etilgan ta'lim standartlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Kimlar uchun?

Ushbu dastur quyidagi kasbiy faoliyat sohalari uchun mos keladi:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida;

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va hududiy boshqarmalarida;

Vazirlik va idoralarning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmalarida;

oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida;

budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda;

moliya organlarida;

davlat maqsadli jamg‘armalarida;

budjet mablag‘larini taqsimlovchi organlarda kompleks masalalarni yechish, maqsadli loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.

Bunda, mazkur mutaxassislikka intiluvchi nomzodlarga bank sohasida kasbiy o‘sishga erishish, o‘z bilimini yanada oshirishga, strategik fikrlashga ko‘maklashadi.

Dasturning maqsadi:

Zamonaviy bank tizimini chuqur o‘rganish;

Jahonda ushbu tarmoqdagi yangi tendensiyalarni tahlil qila olish:

O‘quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta’minlash;

Sohada muvaffaqiyatli kar’yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.

Dasturning afzalliklari:

Ishdan ajralmagan holda bir vaqtning o‘zida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yilganligi;

Sohadagi yetakchi professor-o‘qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli amaliyotchi mutaxassislar kadrlar tomonidan beriladigan ma'ruza darslari;

Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta’lim muassasalaridan taklif qilingan professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish;

Respublika va chet mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi dolzarb mavzudagi keys masalalari bo‘yicha muhokamalar, davra suhbatlari, mahorat darslari va konferensiyalar o‘tkazilishi;

Hamkorlik dasturi asosida chet elda amaliyot olib borish  imkoniyati.

Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari:

Dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga bank tarmog‘ida yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, tinglovchilar bank mutaxassisligi bo‘yicha davlat namunasidagi  bank-moliya sohasida boshqaruvchi kvalifikatsiyasidagi magistrlik diplomlariga ega bo‘lishadi.

Mutaxassislik kodi - 70410901

Mutaxassislik nomi - Biznesni boshqarish (Master of Business Administration — MBA)

Kvalifikatsiya - Boshqaruvchi (iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha)

Ta’lim shakli - Kunduzgi (24 oy), kechki (24 oy)

Kontrakt summasi (so‘m) - O‘quv dasturining bir yili uchun to‘lov narxi 29.9 mln. so‘m

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- 40 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).

-Oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish staji bo‘lishi (umumiy);

- turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishi(general uchun turdosh bo‘lishi talab etilmaydi)

-ish joyidan tavsifnoma

Qabul sinovlari tartibi:

- BMBA tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari uchun tasdiqlangan ingliz tilini bilish darajasini baholovchi milliy va xorijiy sertifikatlar sizni ingliz tili fani imtihonidan ozod etadi va ushbu blok bo‘yicha 100 % ball beradi, jumladan:

- IELTS bo‘yicha 5,5 ball;

- TOEFL (iBT, bo‘yicha 72 ball va iTP 543 balldan kam bo‘lmagan daraja;

- TOEIC ( bo‘yicha 1095 balldan kam bo‘lmagan daraja;

- iTEP bo‘yicha B2 (3.5-4.4  ball);

- FCE bo‘yicha 160+  ball.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga admission.bfa.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.

  • Ajratilgan kvota (kunduzgi)
    50 ta
  • Ajratilgan kvota (kechki)
    20 ta
  • Boshqa muqobil taʼlim shakllari
    Mavjud emas
  • Ta'lim muddati
    24 oy
  • Til bilish sertifikati
    Majburiy emas (xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milly va xalqaro tan olingan sertifikati mavjud holda Ingliz tili fani testidan maksimal ball beriladi)