Ish vaqtimiz : Du-Sha, 09:00 - 18:00
Akademiya tarixi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan paytdan boshlanadi.
O‘tgan 28 yildan ortiq vaqt davomida Akademiyaning magistratura bosqichida 6000 nafardan ortiq va Malaka oshirish fakultetida 12 ming nafardan ortiq tinglovchi tahsil oldi. Davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tufayli Akademiya nisbatan qisqa tarixiy davrda zamonaviy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasiga aylandi.
Batafsil tanishish Fan dasturlari Qabul kvotalariBu bosqichda inson mavjud muammolarni tahlil qilish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash orqali o‘zini rivojlantiradi.
Bu jarayonda olingan bilim asosida mavjud holatni yaxshilash, innovatsiyalar joriy qilish yoki samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. O‘zgartirish – o‘zgarishlar orqali rivojlanishning ajralmas qismi.
O'rganish va o‘zgarishlar orqali o‘z sohasida boshqalar uchun namuna bo‘lishga intilishni ifodalaydi. Yetakchi bo‘lish – bu faqat o‘z yutug‘i emas, balki boshqalarga yo‘l ko‘rsatish, jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va ularni birlashtirishni ham anglatadi.